Sport

Oʻzbekiston futbol boʻyicha nufuzli chempionat mezbonligini qoʻlga kiritdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishFutbolnыe myachi
Futbolnыe myachi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.02.2021
Osiyo futbol konfederatsiyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini Oʻzbekiston maydonlarida boʻlib oʻtishiga rozilik bildirdi.
TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Oʻzbekiston 2022 yilgi U23 Osiyo kubogi mezbonligini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
OʻFA 2022 yilgi U23 Osiyo kubogi Oʻzbekistonda qabul qilish boʻyicha OFKga soʻrovnoma yuborgan edi.
Taʼkidlanishicha, OʻFA mutaxassislari mazkur chempionatni mamlakatda oʻtkazish boʻyicha tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlarni OFK vakillariga taqdim etdi va koʻplab muzokaralarni olib borgan.
“Natijada Osiyo futbol konfederatsiyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini yurtimiz yashil maydonlarida boʻlib oʻtishiga rozilik bildirdi”, - deyilgan xabarda.
2013 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqada hozirga qadar Oʻzbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq U23 terma jamoalari bosh sovrinni qoʻlga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala