Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Kolumnistlar

Diversifikatsiya: Rossiya AQSH qimmatli qogʻozlariga 1 milliard kiritdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishZdaniye Tsentralnogo banka Rossii na Neglinnoy ulitse v Moskve
Zdaniye Tsentralnogo banka Rossii na Neglinnoy ulitse v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Ayni damda oltin narxi haddan ortiq oshirilgan, yevro va yuanga – rezerv fondining shundoq ham katta qismi kirtilgan. AQSH davla qarzlarini sotib olish – diversifikatsiya uchun.
TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Rossiya Markaziy banki oʻtgan yilning dekabr oyida AQSH davlat obligatsiyalariga – bir milliard dollar kiritishga qaror qildi. Bu Rossiyaning yillarda olib borgan siyosatiga zid boʻldi – maʼlumki, Moskva soʻnggi yillarda AQSH qimmatli qogʻizlaridan bosqichma-bosqich voz kechib kelayotgan edi.

Qimmatli qogʻozlar sotib oldi

AQSH Moliya vazirligi maʼumotlariga koʻra, ayni damda Rossiya ixtiyorida 6,011 millard dollarlik amerika davlat obligatsiyalari bor. Ulardan 1,2 milliardi – uzoq muddatli va 4,8 milliardi – qisqa muddatli. Dekabr oyida ularning miqdori yana bir milliardga oshdi.
Zolotыe slitki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2019
Iqtisod
Rossiya aholisiga dollar oʻrniga oltin taklif qilindi
AQSH hukumati ushbu qimmatli qogʻozlar hisobidan oʻz byudjet defitsiti va boshqa xarajatlarini qoplaydi. Maʼlumot uchun bugungi kunda AQSH davlat qarzi miqdori 28 trillion dollarga yetgan. Ularning tarkibida Rossiya ulushi 2010-2013 yillarda 170 milliarddan ortiq boʻlgan boʻlsa, 2014 yilning aprelidan boshlab ulardan voz kecha boshladi.
2018 yilda Rossiya Markaziy banki AQSH davlat qogʻozlarining ommaviy sotuvini eʼlon qildi va ularning aksariyatidan forigʻ boʻldi. Dollardan erkin boʻlgan mablagʻlar oltin, yevro va yuanga tikildi.

Diversifikatsiya

AQSH davlat qarzi bu – AQSH Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻlib, ularni istalgan davlat hukumatlari, jismoniy va yuridik shaxslari xarid qilishi mumkin. Ularning daromadi unchalik katta boʻlmasa-da – 3% atrofida, lekin Yevropa va Yaponiya qimmatli qogʻozlariga qaraganda koʻproq.
Lekin asosiysi – AQSH davlat obligatsiyalari dunyoda eng ishonchli va likvid moliya instrumentlari deb hisoblanadi. Ularni xarid qilish va sotish oson.
Zoloto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2019
Dunyoda
Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?
“AQSH davlat qarzlariga mablagʻ tikish – foyda keltiradi. Yillik 2-3% daromad bu juda katta mablagʻ boʻlishi mumkin, ayniqsa gap milliardlar haqida ketganda. Bu masalada siyosat iqtisodga aralashmasligi kerak”, - dedi RIA Novostiga Davdat Dumasining moliya bozorlari boʻyicha qoʻmitas aʼzosi Dmitriy Skrivanov.
Shunday qilib, Moskva, AQSH qimmatli qogʻozlar miqdorini oshirishi bilan, ushbu bozorda oʻz oʻrnini belgiladi. Ikkinchi tomondan, Rossiya oʻz  xalqaro rezervlari tarkibini ham xilma-xil qilishgan yordam beradi.
Hozir Rossiya xalqaro rezervlari miqdori 590 milliard dollarni tashkil qiladi. Ulardan 6 milliardi – AQSH davlat qimmatli qogʻozlariga kirtilgan. Tahlilchilar xulosasiga koʻra, Moskva umumjahon tendentsiyasiga muvofiq harakat qilgan holda, ish tutmoqda. Ayni damda dollarga boʻlgan talab oshmoqda, chunki ushbu valyuta inflyatsiya va oʻzgaruvchanlikka (volatilnost) chalinishi ehtimoli juda kam.
“Bir milliard dollar – bu sezilarli miqdor boʻlib, uni har qanday aktivga kiritib ham boʻlmaydi. Ayni damda oltin narxi haddan ortiq oshirilgan, yevro va yuanga – rezerv fondining shundoq ham katta qismi kirtilgan. AQSH davla qarzlarini sotib olish – diversifikatsiya uchun xolos”, - deydi Rus-Osiyo sanoatchilari ittifoqi prezidenti Vitaliy Mankevich.

Xitoycha yoʻl

Dekabr oxirida AQSH davlat qimmatli qogʻozlari eng koʻp boʻlgan davlat - Yaponiya boʻldi ($ 1,2 trln.) Oldin esa birinchi oʻrinda Xitoy edi, hozir u $ 1,2 trln. bilan ikkinchi oʻringa tushgan. Uchinchi qatorda -  Britaniya ($ 428,9 mlrd.)
Oltin ombori - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2015
Analitika
AQSH omborlarida oltin kamayishi – umumjahon moliya tizimidagi oʻzgarishlar belgisi
Coʻnggi yillar davomida olib borilgan kelishmovchilik savdo urushi tufayli Xitoy 200 mlrd dollariga teng boʻlgan AQSH qimmatli qogʻozlaridan voz kechdi. Lekin ulkan miqdordagi obligatsiyalar bu bir vaqtning oʻzida - Vashingtonga bosim oʻtkazish vositasi ham.
Davom etayotgan mojarolar ushbu xavotirlarni kuchaytirmoqda: agar biror yirik kreditor AQSH qimmatli qogʻozlarining past narxlarda sotishni boshlasa – buning oqibati barcha uchun halokatli boʻladi. AQSH obligatsiyalarining ommaviy ravishda bozorga tashlanishi – bozorda panika keltirib chiqarishi mumkin.
Lekin voqealarning bunday rivoji Xitoyga ham Yaponiyaga ham foyda keltirmaydi. Birinchidan, qisqa vaqt ichida 100-200 milliard dollarlik obligatsyalarni bozorga chiqarish – soʻzsiz ularning narxi keskin tushishiga olib keladi. Natijada Xitoyning tashqi aktivlari narxi – keskin tushib ketadi. Ikkinchidan esa – Xitoy ularni sotgan taqdirda ham olingan daromad sezilarli darajada kam boʻladi.
Va uchinchidan – dollar qulaydi. Pekinga esa bunday oqibatlar kerak emas, chunki AQSH valyutasining qadrsizlanishi Xitoy ekesportini qimmat qiladi.

Oltin zahiralari

Bir necha yillardan buyon Rossiya MB asosiy stavkani – oltinga qilmoqda va dollardar voz kechmoqda. 2020 yilda Rossiya zahiralarida qimmatli metall miqdori dollardan oshib ketdi, fevralda esa oltin zahiralari miqdori 136,7 milliardga yetdi. Bir yil davomida Rossiya oltin zahiralari miqdori 28 tonnaga oshdi.
Oltin quymasi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2016
Analitika
Welt: Rossiya dollarni oltin bilan “yengadi”
Qimmatli metal – bu valyutaning universal ekvivalenti boʻlib, soʻnggi vaqtlarda u jozibador aktivga aylanmoqda. Undan tashqari oltinga tikilgan mablagʻlar – har qanday sanktsiya va kurslar oshishi yoki valyutalar qadrsizlanishidan himoyalangan.
Bloomberg taʼkidlashiga koʻra, Rossiya soʻnggi yillar davomida, yirik iqtisodga va oltin-valyuta zahiralariga ega boʻlgan davlat, dollar aktivlaridan voz kechsa ham, oʻzini aʼlo darajada his qilishi mumkinligini butun dunyoga namoyish qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala