https://oz.sputniknews-uz.com/20210224/Obnalchi---tadbirkorning-birinchi-dushmani---Sherzod-udbiev-16068862.html
"Obnalchi" - tadbirkorning birinchi dushmani - Sherzod Qudbiyev
"Obnalchi" - tadbirkorning birinchi dushmani - Sherzod Qudbiyev
Soliq qoʻmitasi naqdlashtirish bilan shugʻullangan 525 ta shubhali korxona aniqlagan. Ushbu korxonalar bilan ishlagan kontragentlar orasida 200dan ortiq davlat... 24.02.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-02-24T18:47+0500
2021-02-24T18:47+0500
2021-02-24T18:51+0500
iqtisod
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1180/41/11804147_0:92:1201:770_1920x0_80_0_0_6e52366ca0102b716958afb3bb1c335f.jpg
TOSHKENT, 24 fev - Sputnik. "Obnalchi" - tadbirkorning birinchi dushmani, soliqchi esa - eng yaqin yordamchisi, dedi Davlat Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Qudbiyev 23 fevral kuni tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtgan yuzma-yuz uchrashuvda. Kun.uz xabariga asosan. Qudbiyev aytishiga qaraganda, DSQ tomonidan nomlari eʼlon qilingan "obnalchi" firmalar davlat va jamiyatga ulkan zarar keltirmoqda. Ularning faoliyati tufayli halol ishlayotgan tadbirkorlar kun koʻra olmayapti, davlatga esa 300 milliard soʻmlik soliqlar yetib bormayapti. Shu sababli Soliq qoʻmitasi ana shunday firmalarga qarshi "urush" ochgan. Tadbirkorlar esa, bundan buyon kim bilan shartnoma imzolayotganini, ushbu korxonalar naqdlashtirish bilan shugʻullanmasligiga amin boʻlib, keyin shartnoma imzolashi kerak, keyin ularning hisob raqamiga pul oʻtkazishlari kerak. Tadbirkorlarning ulkan summalardagi inkassatsiya jarimalarini "amnistiya" qilish borasidagi savollarga DSQ raisi - rad javobini berdi. Qudbiyev aytishiga qaraganda ushbu masala faqat qonun doirasida hal qilinishi kerak. Hozircha DSQ tadbirkorlarning yozma soʻrovnomasiga binoan faqat 6 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini koʻrib chiqishi mumkin. Shuningdek, "obnalchi" korxonalar bilan ishlagan tadbirkorlar oʻz ixtiyori bilan 1 aprelga qadar hisobotlarini toʻgʻrilab topshirsa - qonunchilikda belgilangan 20% jarimaga tortilmasligi va jinoiy ish ochilmasligi maʼlum qilindi. Soliq qoʻmitasi 24 fevral kuni eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, 396ta "shubhali" korxonalar qatoriga yana 129ta korxona qoʻshilgan va ularning soni 525 taga yetgan.Hozirgacha "shubhali" korxonalar bilan operatsiyalar amalga oshirgan 7 990 ta tadbirkorlik subʼyekti aniqlandi. Noqonuniy operatsiyalarning aksariyati qurilish sohasida – 35%, savdo sohasida – 25%, ishlab chiqarish sohasida – 18%, xizmat koʻrsatish sohasida – 14% va boshqa yoʻnalishlarda – 8%.Eng ajablanarlisi - ushbu korxonalar bilan ishlagan kontragentlar orasida 120ta davlat korxonalari va 86ta boshqaruvida davlat ulushi boʻlgan korxonalar ham boʻlgan.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210217/DS-Arz-dodga-rin-y---aksariyat-nadlashtirish-bilan-shuullangan-16017940.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1180/41/11804147_0:46:1201:800_1920x0_80_0_0_c25525bc2f16645522530fbd88b91cba.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
"Obnalchi" - tadbirkorning birinchi dushmani - Sherzod Qudbiyev
18:47 24.02.2021 (yangilandi: 18:51 24.02.2021) Soliq qoʻmitasi naqdlashtirish bilan shugʻullangan 525 ta shubhali korxona aniqlagan. Ushbu korxonalar bilan ishlagan kontragentlar orasida 200dan ortiq davlat korxonalari ham boʻlgan.
TOSHKENT, 24 fev - Sputnik. "Obnalchi" - tadbirkorning birinchi dushmani, soliqchi esa - eng yaqin yordamchisi, dedi Davlat Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Qudbiyev 23 fevral kuni tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtgan yuzma-yuz uchrashuvda. Kun.uz
xabariga asosan.
Qudbiyev aytishiga qaraganda, DSQ tomonidan nomlari eʼlon qilingan "obnalchi" firmalar davlat va jamiyatga ulkan zarar keltirmoqda. Ularning faoliyati tufayli halol ishlayotgan tadbirkorlar kun koʻra olmayapti, davlatga esa 300 milliard soʻmlik soliqlar yetib bormayapti. Shu sababli Soliq qoʻmitasi ana shunday firmalarga qarshi "urush" ochgan.
Tadbirkorlar esa, bundan buyon kim bilan shartnoma imzolayotganini, ushbu korxonalar naqdlashtirish bilan shugʻullanmasligiga amin boʻlib, keyin shartnoma imzolashi kerak, keyin ularning hisob raqamiga pul oʻtkazishlari kerak.
Tadbirkorlarning ulkan summalardagi inkassatsiya jarimalarini "amnistiya" qilish borasidagi savollarga DSQ raisi - rad javobini berdi. Qudbiyev aytishiga qaraganda ushbu masala faqat qonun doirasida hal qilinishi kerak. Hozircha DSQ tadbirkorlarning yozma soʻrovnomasiga binoan faqat 6 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini koʻrib chiqishi mumkin.
Shuningdek, "obnalchi" korxonalar bilan ishlagan tadbirkorlar oʻz ixtiyori bilan 1 aprelga qadar hisobotlarini toʻgʻrilab topshirsa - qonunchilikda belgilangan 20% jarimaga tortilmasligi va jinoiy ish ochilmasligi maʼlum qilindi.
Soliq qoʻmitasi 24 fevral kuni eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, 396ta "shubhali" korxonalar qatoriga yana 129ta korxona qoʻshilgan va ularning soni 525 taga yetgan.
Hozirgacha "shubhali" korxonalar bilan operatsiyalar amalga oshirgan 7 990 ta tadbirkorlik subʼyekti aniqlandi. Noqonuniy operatsiyalarning aksariyati qurilish sohasida – 35%, savdo sohasida – 25%, ishlab chiqarish sohasida – 18%, xizmat koʻrsatish sohasida – 14% va boshqa yoʻnalishlarda – 8%.
Eng ajablanarlisi - ushbu korxonalar bilan ishlagan kontragentlar orasida 120ta davlat korxonalari va 86ta boshqaruvida davlat ulushi boʻlgan korxonalar ham boʻlgan.