https://oz.sputniknews-uz.com/20210224/zbekiston-Airbus-Helicopters-kompaniyasidan-vertoltlar-sotib-oladi-16067060.html
Oʻzbekiston Airbus Helicopters kompaniyasidan vertolyotlar sotib olishni rejalashtirmoqda
Oʻzbekiston Airbus Helicopters kompaniyasidan vertolyotlar sotib olishni rejalashtirmoqda
Mazkur yoʻnalishda Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida yetakchi ishtirokchiga aylanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi 24.02.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-02-24T14:54+0500
2021-02-24T14:54+0500
2021-02-24T21:02+0500
yangiliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1280/04/12800415_0:457:2730:2001_1920x0_80_0_0_38e8db1be259c25ef43da6b3697d4960.jpg
TOSHKENT, 24 fev - Sputnik. Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev hamda Airbus International kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse prezidenti Jak Garrig oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralarda frantsuz kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbolli rejalar muhokama etildi.Xususan, Airbus Helicopters kompaniyasidan vertolyotlar sotib olish, ushbu havo transport turida qatnovlarni yoʻlga qoʻyish orqali mazkur yoʻnalishda Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida yetakchi ishtirokchiga aylanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Ushbu yoʻnalishni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning vertolyotlar ekspluatatsiyasi va uchuvchilar uchun treninglar oʻtkazish boʻyicha tajribalarini oʻrganish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, Airbus International kompaniyasi vakillari aeroportlarni boshqarish sohasida ham hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan oʻz takliflarini bildirishdi. Uchrashuv davomida frantsuz tomoni joriy yilning may oyida Frantsiya savdo vazirining Oʻzbekistonga tashrifi rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar muzokaralarda koʻtarilgan masalalar yuzasidan maʼlumotlar almashish va istiqbolda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olishdi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210222/Ilom-Makamov-nomzodi-transport-vaziri-lavozimiga-maullandi-16057669.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1280/04/12800415_0:332:2730:2048_1920x0_80_0_0_98e7344b87aa4f5be7b74467dc745277.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Oʻzbekiston Airbus Helicopters kompaniyasidan vertolyotlar sotib olishni rejalashtirmoqda
14:54 24.02.2021 (yangilandi: 21:02 24.02.2021) Mazkur yoʻnalishda Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida yetakchi ishtirokchiga aylanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi
TOSHKENT, 24 fev - Sputnik. Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev hamda Airbus International kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse prezidenti Jak Garrig oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralarda frantsuz kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbolli rejalar muhokama etildi.
Xususan, Airbus Helicopters kompaniyasidan vertolyotlar sotib olish, ushbu havo transport turida qatnovlarni yoʻlga qoʻyish orqali mazkur yoʻnalishda Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida yetakchi ishtirokchiga aylanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Ushbu yoʻnalishni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning vertolyotlar ekspluatatsiyasi va uchuvchilar uchun treninglar oʻtkazish boʻyicha tajribalarini oʻrganish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Airbus International kompaniyasi vakillari aeroportlarni boshqarish sohasida ham hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan oʻz takliflarini bildirishdi. Uchrashuv davomida frantsuz tomoni joriy yilning may oyida Frantsiya savdo vazirining Oʻzbekistonga tashrifi rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar muzokaralarda koʻtarilgan masalalar yuzasidan maʼlumotlar almashish va istiqbolda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olishdi.