Dunyoda

Indoneziyada “odam qiyofasidagi” akula ovlandi

© AP Photo / Eric GayRыbak zakidыvayet set
Rыbak zakidыvayet set - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Indoneziyalik baliqchining toʻriga gʻayrioddiy akula ilindi. Akula ichida uch bolasi bor edi, ulardan biri inson qiyofasiga ega.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Indoneziyalik baliqchi Roti oroli sohilida gʻayrioddiy akula ovladi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar qilmoqda.
Abdulla Nuren ismli baliqchining toʻriga tasodifan katta akula ilingan va u ovni uyiga olib kelgan.
Erkak uni sotish uchun maydalayotgan vaqtda akula ichida uning uch bolasini borligini koʻrgan. Ularning ikkitasi oddiy akulaga oʻxshardi, uchinchisining esa turqi qiyshaygan edi va bu uni odamga oʻxshatardi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Daily Mail (@dailymail)

“Ikkitasi onasiga oʻxshardi, uchinchisining esa odam qiyofasi bor edi”, - degan Nuren.
Baliqni qoʻshnilar uning baligʻini sotib olish istagini bildirishgani, lekin u rad javobini berganini qoʻshimcha qilgan.
“Uyim akulani koʻrmoqchi boʻlgan kishilarga toʻlib ketdi. Men baliqni oʻzimda saqlayman. Oʻylaymanki, u menga baxt olib keladi”, - dedi baliqchi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala