Jamiyat

Toshkentda yoʻl-transport tizimini yaxshilash uchun qanday ishlar rejalashtirilgan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoye dvijeniye v gorode
Avtomobilnoye dvijeniye v gorode  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Poytaxtda yoʻl-transport tizimini yaxshilash uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda shahardagi 3 ta koʻchalarda yangi oʻtish joylari ochiladi va yoʻl kengaytiriladi.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Toshkent shahrida yoʻl-transport tizimini yaxshilash yuzasidan amalga oshiriladigan loyihalar uch bosqichda amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida yoʻl-transport infratuzilmasini takomillashtirish va yangi yoʻllar qurishga oid topshirigʻiga asosan Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va “Kalyon ulastirma” kompaniyasi bilan hamkorlikda quyidagi uch bosqichda ishlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
Birinchi bosqich. 3 ta koʻchalarda tez muddatda yangi oʻtish joylarini ochish va yoʻlni kengaytirish ishlari amalga oshiriladi:
  • Sebzor koʻchasi boʻylab Abdulla Qodiriy koʻchasi kesishmasidagi yoʻl oʻtkazgichdan tushgandan soʻng, Zulfiyaxonim koʻchasiga oʻtish uchun asosiy qatnov qismidan mahalliy yoʻlga yangi oʻtish joyini ochish;
  • Toshkent xalqa avtomobil yoʻlining 11-kilometrida (Toʻsin bozor qarshisida) 250 metr masofada yoʻlni kengaytirish;
  • Al-Xorazmiy – Katta Qaʼni koʻchalari chorrahasida aylanma harakatni tashkil etish;
Ikkinchi bosqich. 3 ta koʻchalarning transport oʻtkazish qobiliyatini oshirish boʻyicha tadbirlarni hayotga tatbiq etish rejalashtirilgan:
  • Choshtepa - Yangi Sergeli koʻchalari kesishmasida oʻtkazuvchanlikni oshirish maqsadida, kesishmani kengaytirish (parametrlarini oʻzgartirish);
  • Toshkent xalqa avtomobil yoʻli – Samarbonu koʻchalari kesishmasida mahalliy yoʻlni kengaytirish hisobiga oʻtkazuvchanlikni oshirish;
  • Mustaqillik – Parkent koʻchalari kesishmasida yashil xudud xisobidan yangi yoʻl ochish rejalashtirilgan.
Uchinchi bosqich. 6 ta koʻchalarda transport oqimi oʻrganilib, tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bular:
- Yunusobod tumanidagi Qoraqamish koʻchasini Toshkent xalqa avtomobil yoʻli bilan bogʻlash uchun yangi yoʻl qurish;
- Muqumiy – Lutfiy - Seul - Nurafshon koʻchalari kesishmasi parametrlarini oʻzgartirish yoʻli bilan oʻtkazuvchanlikni oshirish;
- Toshkent halqa avtomobil yoʻli - Amir Temur koʻchalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkazuvchanlikni oshirish;
- Shota Rustaveli – Mirobod - Shahrisabz koʻchalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkazuvchanlikni oshirish.
- Kichik xalqa avtomobil yoʻli boʻylab “CRAFERS” korxonasi qarshisida yangi qayrilib olish joyini ochish;
- Seul – Novza – Bunyodkor koʻchalari kesishmasida kanal ustidagi koʻprikni kengaytirish xisobiga kesishma oʻtkazuvchanligini oshirish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tirbandliklar yuzaga kelayotgan oʻndan ortiq koʻchada qisqa muddatlarda qoʻshimcha harakat yoʻnalishlarini ochish boʻyicha topshiriq bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala