Jamiyat

Prezident Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s perspektivnыmi proyektami v Tashkentskoy oblasti
Prezident oznakomilsya s perspektivnыmi proyektami v Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Toshkent viloyatining Qibray tumanida ulkan bogʻ va Olimpiya shaharchasi qurish rejalashtirilmoqda. U yerda 2025 yilda yoshlar oʻrtaidagi Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Ana shunday loyihalardan biri - Toshkent viloyatining Qibray tumanida,  “Toshkent-Sharqiy” aerodromi yaqinida 155 gektarlik bogʻ barpo etish loyihasi boʻldi.
Uni ishlab chiqishda dunyo megapolislaridagi mashhur parklarning landshafti, qulayliklari oʻrganilgan. Bu bogʻ faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat oʻziga xos dendropark boʻlishi koʻzda tutilgan. Bu poytaxtimiz ekologiyasiga katta taʼsir koʻrsatadigan, aholi va mehmonlar sayr qiladigan “yashil hudud” boʻladi, - deyilgan xabarda.
Mazkur bogʻning yonida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Maʼlumki, Osiyo Olimpiya kengashining qaroriga koʻra, 2025 yilda Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari Toshkentda oʻtkaziladi. Unda qitʼamizdagi 45 ta mamlakat yoshlari 20 ga yaqin sport turi boʻyicha bellashadi.
Aytish joizki, bunday nufuzli xalqaro musobaqa Oʻzbekiston tarixida birinchi marotaba oʻtkaziladi. Davlatimiz rahbari bu mamlakatimizga koʻrsatilgan katta ishonch ekanini, ushbu musobaqaga hozirdan boshlab puxta tayyorgarlik koʻrish kerakligini taʼkidlagan edi.
Shu maqsadda 160 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi qurish boʻyicha loyiha ishlab chiqilgan. Chirchiq daryosining 5 kilometrdan ziyod qismida qirgʻoqlarni tartibga keltirib, eshkak eshish boʻyicha musobaqalar uchun zarur sharoit yaratish moʻljallangan. Uning boʻylarida esa 270 gektarlik park etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Qibray tumanining ushbu hududida 2 ta universitet, shifoxona, ekspo, savdo va koʻngilochar markaz binolari joylashtirilishi nazarda tutilmoqda.
Prezident loyihalarni sifat va qulaylik jihatidan takomillashtirish, inshootlarni qurishda jahondagi eng ilgʻor tajribalarni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s perspektivnыmi proyektami v Tashkentskoy oblasti
Prezident oznakomilsya s perspektivnыmi proyektami v Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala