Iqtisod

Oʻzbekistonning 26ta standarti YEOIIga muvofiqlashtiriladi

© AP Photo / Patrick SemanskyMarkirovka tovarov
Markirovka tovarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Asosiy maqsad - Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorida Oʻzbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligini taʼminlash.
TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda qabul qilingan 52ta texnik reglamentlarning 26tasi YEOII texnik reglamentlariga muvofiqlashtiriladi. Bu haqida "Oʻzstandart" agentligi huzuridagi departament boshligʻi Zoirjon Omonov Kun.uzga xabar qildi.
Xabarda aytilishiga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston texnik reglamentlari Yevroosiy ittifoqi reglamentlariga mosligi solishtirib chiqilib, ulardan 26tasini qayta ishlab chiqish boʻyicha qaror qabul qilingan. 
Mutaxassis aytishiga qaraganda, bundan asosiy maqsad - Oʻzbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligini taʼminlash.
"Chunki respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar YEOII normativlaridan past boʻlsa, ertaga bizning mahsulotlarimiz YEOII bozorida raqobatbardoshligini yoʻqotib qoʻyadi", - dedi departament boshligʻi.
Omonov aytishiga qaraganda, bugungi kunda Oʻzbekistonda texnik jihatdan tartibga solish sohasida 52ta texnik reglamentlar qabul qilingan boʻlib, ulardan 12tasi - maxsus reglament hisoblanadi. YEOIIda esa 48ta reglament mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala