Hodisalar

OKMK futzalchisi Timur Berdiyev halok boʻldi

Timur Berdiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.02.2021
Futzal boʻyicha OKMK futzal jamoasining 26 yoshli oʻyinchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi.
TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Futzal boʻyicha OKMK futzal jamoasining 26 yoshli oʻyinchisi Timur Berdiyev vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) matbuot xizmati xabar qilmoqda.
OʻFA Timur Berdiyevning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila-aʼzolariga chuqur taʼziya va hamdardlik bildirgan.
“Daryo” nashri maʼlumotlariga koʻra, futzalchi 2021 yil 27 fevral, shanba kuni Andijondan Toshkentga “Matiz” avtomashinasida yoʻlovchi sifatida qaytayotgan boʻlgan. Qamchiq dovonida esa “Matiz”, “Neksiya” va “Tiko” avtomobillari ishtirokida yoʻl transport hodisasi roʻy bergan. YTH oqibatida Timur Berdiyev vafot etgan. “Tiko”da boʻlgan bir nafar yoʻlovchi esa tan jarohati olgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha maʼlum emas.
Timur Berdiyev 1995 yil tavallud topgan. Uning futzaldagi faoliyati havaskorlar ligasida boshlangan va “Ardus”, “Paxtakor” va OKMK futbol klublari safida toʻp surgan. Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabariga koʻra, Berdiyev 2021 yil qishki transferlar oynasida Bishkekning “Farvater” jamoasiga oʻtishi rejalashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala