Sport

Uch oʻzbekistonlik bokschi Bolgariyadagi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaTroye uzbekskix bokserov vыigrali “zoloto” na turnire “Strandja-2021” v Bolgarii
Troye uzbekskix bokserov vыigrali “zoloto” na turnire “Strandja-2021” v Bolgarii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.02.2021
Oʻzbekiston terma jamoasi Stranja—2021 xalqaro musobaqasida 3 ta oltin va 3 ta bronza medallarga ega chiqdi.
TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Bolgariyaning Sofiya shahrida 22—27 fevral kunlari boks boʻyicha Stranja—2021 xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qilmoqda.
27 fevral kuni turnirning final uchrashuvlar oʻtkazildi. Unda uch nafar oʻzbekistonlik bokschi qatnashdi.
Bobousmon Baturov, Dilshod Roʻzmetov va Bahodir Jalolov oʻz bellashuvlarini muvaffaqiyatli oʻtkazib, musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritishdi.
Yarim final bosqichigacha yetib kelgan Navbahor Hamidova, Shahobiddin Zoirov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev bronza medali bilan taqdirlandi.
Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani 3 tadan oltin va bronza medallari bilan yakunladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala