Jamiyat

Oʻzbekistonda ikki qavatdan yuqori boʻlgan uylarni ekspertizasiz qurish taqiqlanmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishStroitelstvo jilыx domov
Stroitelstvo jilыx domov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.02.2021
1 martdan ikki qavatdan yuqori bino va inshootlarni, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruktsiya qilishda obʼyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. 2021 yil 1 martdan ikki qavatdan yuqori bino va inshootlar hamda obʼyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi. Bu prezidentning “Oʻzbekiston qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan.
2021 yil 1 martdan boshlab:
a) ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish obʼyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkazilgan hamda obʼyektning Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi;
b) quyidagilar:
  • uy quruvchilar — jismoniy va yuridik shaxslarga, asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar bundan mustasno, mustaqil ravishda (xoʻjalik usulida), qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish;
  • aholi punktlari hududlarining funktsional zonalarida joylashgan, bunday turdagi qurilish uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarida koʻp qavatli koʻp kvartirali uylarni qurish;
  • loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish (ustki qavat qurish);
  • oʻzgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan) koʻpaytirish taqiqlanadi;
v) loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi «Ekspert xulosalarining yagona reyestri»ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi, davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala