Dunyoda

Abu-Dabidagi qurol aslaha koʻrgazmasida Rossiya nimalarni namoyish etdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishVыstavka oboronnoy promыshlennosti IDEX-2021 v Abu-Dabi
Vыstavka oboronnoy promыshlennosti IDEX-2021 v Abu-Dabi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Abu-Dabida boʻlib oʻtgan eng yirik eng yirik uqurol-aslaha koʻrgazmasida dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etdi. Ushbu koʻrgazmada Rossiya stendi diqqat markazida boʻldi.
TOSHKENT, 1 mar - Sputnik. BAA poytaxti Abu-Dabida IDEX – eng yirik uqurol-aslaha koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda 30 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etishdi. Rossiya ham ushbu koʻrgazmada “Armata” tanklaridan tortib jami 400dan ortiq qurol-aslaha va harbiy uskuna namunalarini namoyish etdi.
Rossiya stendi markazida Kalashnikov kontsernining yangi avtomati AK-19 oʻrin oldi.  Bu safar rossiya maʼlum va mashhur “AK-47” ning yangisi, 5,56 millimetrli NATO standartidagi patronga moslashgan AK-19ni taqdim etishdi.
“Bizning AK-19, nato patroniga moslashgan, narxi bilan ham, sifati bilan ham, oʻz xususiyatlari bilan ham – juda yaxshi. Shuni usun unga talab katta boʻladi deb hisoblaymiz”, - Rostex raxbari Sergey Chemezov.
Koʻrgazmaga Rossiya yana bir avtomat – “Kord”ni olib kelgan edi. Oʻz vaqtida ushbu qurol maxsus kuchlar uchun ishlab chiqarilgan boʻlib u shovqinsiz va “ortga zarba” bermasdan oʻq uzadi. Ayni damda ushbu qurol barchani qiziqtirmoqda.
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishVыstavka oboronnoy promыshlennosti IDEX-2021 v Abu-Dabi
Vыstavka oboronnoy promыshlennosti IDEX-2021 v Abu-Dabi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Rossiya shuningdek S-400ning yangi modiqikatsiyasini, T-14 “Armata” tanklarini va zirhlangan harbiy avtomobillar va Aurus limuzinini taqdim etdi.
Harbiy ekspertlar “Armata” tankini ekipaj himoyasi, ekpajsiz harakatlanish xususiyati, “sunʼiy ong” va boshqa koʻrsatgichlari boʻyicha – dunyoda eng yaxshi tank deb atashmoqda.
Ushbu koʻrgazmada Rossiya yana bir taqdimot oʻtkazdi – uchuvchisiz apparatlarga qarshi kurash vositasi . “Kupola”  nomli moslama xoch shaklidagi antenna va bir necha shlyapasimon qubbalarga ega boʻlib u diametri 20 km boʻlgan koʻrinmas elektromagnit himoya qubbasi yaratishi mumkin. Bunday qubba har qanday neft zavodim yoki harbiy bazani uchuvchisiz  apparatlardan va razvedka dronlaridan himoya qilishi mumkin.
Yana bir yangi qurol - Pantsir-S1M. Uning raketlari oldingi Pantsirga nisbatan 1,5 barobar uzoqlikka uchishi mumkin va nishonga zarba berishda yangi algoritmdan foydalaniadi.
“Uning raketalarida kontaktli datchik yoʻq. Raketa katta tezlikda harakatlanib, nishon oldida portlaydi va nishon yoʻlida oskolkalardan iborat ulkan tuman maydi boʻladi”, - deydi konstruktorlik byuro vakili Valeriy Slugin.
Yaqin Sharqda Rossiya qurolini yaxshi bilishadi va hurmat qilishadi. Rossiya qurol-aslaha eksportining 50% ushbu hududga toʻgʻri keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala