Sport

Oʻzbek kurashchilari Ukrainada 11ta medal qoʻlga kiritishdi

© Assotsiatsiya sportivnoy borbы UzbekistanaBorets greko-rimskogo stilya Ilxom Baxromov
Borets greko-rimskogo stilya Ilxom Baxromov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Oʻzbekistonlik erkin kurashchilari 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilari esa 5ta medalni qoʻlga kiritishdi.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Oʻzbekistonlik erkin kurashchilari 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilari esa 5ta medalni qoʻlga kiritishdi.
Ukraina poytaxti Kiyev shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha anʼanaviy xalqaro turnir yakunlandi.
Oʻz tarixida yigirmanchi marta tashkil etilgan musobaqada dunyoning 20dan ortiq davlati kurashchilari uch kun davomida medallar uchun gilamga chiqishdi.
© Ministerstvo sporta UzbekistanaUzbekskiye bortsы zavoyevali 11 medali na turnire v Ukraine
Uzbekskiye bortsы zavoyevali 11 medali na turnire v  Ukraine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Yakunda oʻzbek erkin kurashchilari 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilari esa 5ta medalni qoʻlga kiritishdi. Gʻulomjon Abdullayev va Ilyas Bekbulatov oʻz vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilishdi.
Erkin kurash musobaqasida sovrindor boʻlgan sportchilar:
Oltin medal
57 kg: Gʻulomjon Abdullayev
70 kg: Ilyas Bekbulatov
Kumush medal
57 kg: Nodirjon Safarov
Bronza medal
57 kg: Mahmudjon Shavkatov
79 kg: Bekzod Abdurahmonov
86 kg: Javrail Shapiyev
Yunon-rum kurashi musobaqasida sovrindor boʻlgan sportchilar:
Bronza medal
55 kg: Ilhom Bahromov
67 kg: Aram Vardanyan
82 kg: Jalgasbay Berdimuratov
87 kg: Rustam Assakalov
130 kg: Moʻminjon Abdullayev
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala