Jamiyat

Toʻrt milliondan ziyod Oʻzbekiston aholisi koronavirusga qarshi bepul emlanadi – roʻyxat

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik nabirayet v shprits vaktsinu ot COVID-19
Meditsinskiy rabotnik nabirayet v shprits vaktsinu ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Oʻzbekistonda 4,1 mln nafar aholini COVID-19ga qarshi emlash koʻzda tutilmoqda. Birinchi navbatda emlanadigan kishilarning batafsil roʻyxati eʼlon qilindi.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Oʻzbekistonda birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadigan kishilar roʻyxatini eʼlon qildi. Joriy yilda 4 112 668 nafar aholini COVID-19ga qarshi bilan emlash koʻzda tutilmoqda.
Emlanadigan kishilar roʻyxati:
  • qariyalar 65 yoshdan 74 yoshgacha – 1 085 797 nafar;
  • keksalar 75 yoshdan 84 yoshgacha – 388 686 nafar;
  • uzoq umr koʻruvchilar 85 yosh va undan yuqori – 139 280 nafar;
  • tibbiyot xodimlari – 447 976 nafar;
  • surunkali kasalliklari bor aholi – 888 190 nafar;
  • maktab oʻqituvchilari – 689 383 nafar;
  • maktabgacha taʼlim xodimlari – 223 426 nafar;
  • qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari – 180 000 nafar.
Eslatiz oʻtamiz, avvalroq innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova aholini koronavirusga qarshi emlashda “Sputnik V” va “ZF-UZ-VAC 2001” Xitoy-Oʻzbekiston vaktsinasidan foydalanish rejalashtirilayotganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala