Jamiyat

“UzAirways” onlayn roʻyxatdan oʻtish xizmatini yoʻlga qoʻydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 767 uzbekskix avialiniy
Boeing 767 uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Onlayn roʻyxatdan oʻtish uchun aviakompaniya sahifasidagi “Roʻyxatdan oʻtish” tugmasini bosish kerak. Bu ham vaqtni tejashi, ham pandemiya sharoitida muloqotni kamaytirishi aytilmoqda.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ 2021 yil 1 martdan boshlab mahalliy qatnovlariga onlayn roʻyxatdan oʻtish xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, bu aeroportdagi roʻyxatdan oʻtish punktida navbatda turmaslik va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi.
“Onlayn roʻyxatdan oʻtish parvozdan 24 soat oldin ochiladi va 120 daqiqa oldin yopiladi”, - deyilgan xabarda.
Onlayn roʻyxatdan oʻtish uchun aviakompaniya sahifasidagi “Roʻyxatdan oʻtish” tugmasini bosish kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala