Video

Lavrov va Kamilov Rossiyaga mehnat migratsiyasi qachon tiklanishi haqida – video

Moskvada Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazdi. Diplomatlar mehnat migratsiyasi bilan bogʻliq vaziyat, chet ellik talabalar uchun kunduzgi oʻqishni tiklash masalalarini muhokama qildilar.
Ayni paytda ikki mamlakat Sogʻliqni saqlash, Transport vazirliklari va boshqa sohaviy tuzilmalari mutaxassislari toʻliq aloqani tiklash imkoniyati ustida ishlamoqda.
"Umid qilamizki, tez orada vaziyat avvalgi barqaror formatiga qaytadi", - deb taʼkidladi Sergey Lavrov.
Abdulaziz Kamilov, oʻz navbatida, Moskvaga kelgan delegatsiya, xususan Sogʻliqni saqlash vaziri hozir barcha muammolar ustida ish olib borayotganini taʼkidladi.
"Eng asosiysi, biz Rossiya Federatsiyasida oʻzaro parvoz va fuqarolarimizning mehnat faoliyatini tiklashdan oʻzaro manfaatdormiz. Hozir bu muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qilmoqdamiz", - dedi Abdulaziz Kamilov.
Bundan tashqari, Sergey Lavrov respublikada “Sputnik V"  vaktsinasini tezkorlik bilan roʻyxatdan oʻtkazilagani uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, preparatni respublikada ishlab chiqarishni boshlash imkoniyati koʻrib chiqilayotganligini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala