Mirziyoyev xorijlik maslahatchisi bilan iqtisodiy islohotlar istiqbolini muhokama qildi
Mirziyoyev xorijlik maslahatchisi bilan iqtisodiy islohotlar istiqbolini muhokama qildi
Suma Chakrabarti Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan strategiyasini tayyorlash borasidagi taklif va tavsiyalarini... 02.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.Uchrashuvda maslahatchi Chakrabartining Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan strategiyasini tayyorlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatning xorijiy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalari koʻrib chiqildi.Mirziyoyev “yoʻl xaritasi” va ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha boshqa muhim kontseptual hujjatlarni birgalikda puxta tayyorlashni davom ettirish va keyinchalik ularni amalga oshirish zarurligini taʼkidladi.Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ulushi mavjud korxonalarni transformatsiya qilish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) sobiq rahbari Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.
Suma Chakrabarti Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan strategiyasini tayyorlash borasidagi taklif va tavsiyalarini bildirdi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuvda maslahatchi Chakrabartining Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan strategiyasini tayyorlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatning xorijiy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalari koʻrib chiqildi.
Mirziyoyev “yoʻl xaritasi” va ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha boshqa muhim kontseptual hujjatlarni birgalikda puxta tayyorlashni davom ettirish va keyinchalik ularni amalga oshirish zarurligini taʼkidladi.
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ulushi mavjud korxonalarni transformatsiya qilish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) sobiq rahbari Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.