Hodisalar

Toʻyda qalbaki pullar bilan maqtanmoqchi boʻlgan “shovvozlar” sud oldida javob beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Ikki fuqaro tanishining toʻyida oʻynayotgan mehmonlarning ustidan pul sochish maqsadida 10 million soʻm qalbaki pul yasattirgan.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Toshkent shahrida toʻyda maqtanish uchun qalbaki pul yasaganlar hibsga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2020
Hodisalar
Fargʻonada qalbaki “dollar” va “soʻm” tayyorlagan shaxslar aniqlandi
Maʼlum qilinishicha, 27 yoshli Azizbek J. va Olimjon X.lar tanishlari Talantjon T.ning nikoh toʻyida oʻynayotgan mehmonlarning ustidan pul sochish maqsadida qalbaki pul yasattirgan. Ularning sinfdoshi Aziz T. kompyuter yordamida 100 ming soʻmlik kupyurani 10 million soʻm qilib yasab bergan. Bundan xabar topgan kuyov qalbaki 2 300 000 soʻmni olib, Qoʻyliq bozoriga borgan. U yerda qalbaki pullarni sarflab yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Sud texnika-kriminalistika ekspertizasining xulosasida, 14 dona 100 ming soʻmlik “AYE 2489763” raqamli pul kupyuralari poligrafik usulda tayyorlanganligi koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi toʻrt nafar shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash uchun Bektemir tumani prokuraturasiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala