Migratsiya

Oʻzbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi hajmini qanday tiklaydi

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishStroitelstvo jilogo kompleksa
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Rossiya tashqi ishlar vaziri Rossiya va Oʻzbekiston mehnat migratsiyasidagi oʻzaro hamkorlikni epidemiologik cheklovlar yengillashishiga qarab tiklashini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston mehnat migratsiyasidagi oʻzaro hamkorlikni epidemiologik cheklovlar yengillashishiga qarab tiklaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Oʻzbekiston TIV rahbari Rossiyada amaliy tashrif bilan boʻlib turibdi.
“Biz mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorligimizning epidemiologik cheklovlar yengillashishiga qarab tiklanishi va avvalgi hajmiga  erishilishi haqida ham suhbatlashdik. Bu borada tegishli xizmatlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi aniq kelishuvlar bor”, - dedi Lavrov.