Hodisalar

“Burnimdan chiqdi”: Samarqandda koʻngilxushlik uchun chaqirilgan qizlar oʻsmirni tunab ketdi

Ujin pri svechax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Ota-onasi uyda yoʻqligida “romantik oqshom” oʻtkazishni reja qilgan oʻsmir bir emas, ikki qizni uyiga olib kelgan. Keyin uxlab qolgan, bundan qizlar "unumli" foydalanishgan.
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Jomboy tumanida koʻngilxushlik qilish uchun chaqirilgan 2 nafar qiz mezbon oʻsmirning uxlab qolganidan foydalanib oʻgʻrilik sodir etdi. Bu haqda “Zoʻr TV” telekanalining “Bu kun” dasturida maʼlum qilindi.
Aniqlanishicha, ota-onasi yoʻqligidan foydalangan oʻgʻil 2020 yil 16 oktyabr kuni kechasi 2 nafar qiz bilan “romantik oqshom” oʻtkazish maqsadida ularni yashash uyiga olib kelgan.
Fargʻonada uchrashuvga chiqqan ayolni “yigiti” tunab ketdi
Oʻsmir uxlab qolganidan foydalangan qizlar uydagi 15 million soʻmlik tilla taqinchoqlar, 1300 dollar miqdoridagi pullarni oʻmarib, juftakni rostlashgan.
Hodisadan bexabar ona tuman IIBga oʻgʻrilik sodir boʻlgani toʻgʻrisida ariza yozib murojaat qilgan.
“Sayoq yursang, tayoq yeysan degani rost ekan. Men bir romantik oqshom qilmoqchi edim. Burnimdan chiqdi. Tengqurlarimga tinchgina yurishlarini maslahat beraman. Oqshomni yaxshi oʻtkazaman deb el-yurt oldida sharmanda boʻldim”, — deydi romantik kecha “tashkilotchisi”
Qizlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Toshkentda fohisha mijozini tanishlari bilan tunadi
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala