Dunyoda

Rim papasi butun dunyoni yana suv bosishini bashorat qildi

© Sputnik / Aleks Pantsikov / Fotobankka oʻtishPapa rimskiy Frantsisk
Papa rimskiy Frantsisk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Pontifik Noy oʻzining ezgu ishlari tufayli suv bosganda omon qolishga muvaffaq boʻlganini eslatib, fuqarolar va siyosatchilarni aql bilan ish qilishga chorladi
TOSHKENT, 2 mar - Sputnik. Insoniyat dunyoni suv bosishi hodisasini boshdan kechirishi mumkin, dedi Rim papasi Frantsisk.
Uning aytishicha, bu fojia turli davlatlarning yetakchilari global isishga qarshi kurish uchun choralarni koʻrmaydigan taqdirda yuz beradi.
"Agar biz shu yoʻldan boraversak, u (butunjahon suv bosishi — Sputnik) yuz beradi", – deya iqtibos keltiradi Rim papasi soʻzlaridan Corriere della Sera nashri.
Pontifik Noy faqat oʻzining ezgu-amallari tufayli dunyoni suv bosganda omon qolganini eslatib oʻtdi. U "voqealarga, dunyoga va uning muammolariga xayrixoh boʻlgan holda" hamjihatlikda harakatlanish kerakligini taʼkidlab, fuqarolar va siyosatchilarni aql bilan ish tutishga chaqirdi.
Sal avval pontifik maxsus fikr-mulohazalar yili haqida eʼlon qilgan edi. Rim papasi bu yilni tez orada - 2021 yilning 19 martida ochib berishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala