Iqtisod

Oʻzbekistonda 2020 yilda aholi daromadi keskin kamaygan - MB

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Respondentlarning 70 foizi 2020 yilda oʻz daromadlarining keskin kamayganini taʼkidlagan boʻlsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini maʼlum qilgan.
TOSHKENT, 3 mar - Sputnik. Markaziy bank 2020 yilning IV choragi boʻyicha Aholining isteʼmol kayfiyati sharhini eʼlon qildi. Soʻrovda jami 5717 ta respondent ishtirok etgan.
Uzbekistan nameren sotrudnichat s Kitayem oblasti sokraщeniya bednosti.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2020
Jamiyat
Oʻzbekiston kambagʻallikni qisqartirishda Xitoy tajribasini oʻrganadi
Respondentlarning 70 foizi 2020 yilda oʻz daromadlarining keskin kamayganini taʼkidlagan boʻlsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini maʼlum qilgan.
Bunda, oʻtgan davrdagi iqtisodiy holatning yomonlashishi asosan respondentlarning kam daromadli qismiga sezilarli darajada
salbiy taʼsir koʻrsatgan.
65 foiz respondentlar kelgusi 12 oy davomida daromadlari oshishini maʼlum qilgan. Daromadlari oʻzgarishsiz qolishi yoki kamayishini kutayotgan aholi vakillari umumiy respondentlarning 20 foiziga teng boʻldi.
37,4 foiz respondentlar jamgʻarmasi yoʻqligini maʼlum qilishgan.
23,6 foiz respondentlar agar daromad olish manbalarida uzilish boʻlgan taqdirda jamgʻarmalar oʻrtacha 1 oygacha yetadi deb javob bergan. 21,7 foiz respondentlar esa — 1−3 oygacha, 9 foizi — 3−6 oygacha yetadi deb javob bergan.
Markaziy bank sharhiga koʻra, oʻtgan 12 oy davomida oilaviy daromadi 3 mln soʻmgacha boʻlgan respondentlar tomonidan "daromadlar keskin kamaydi" va "biroz kamaydi" degan javoblar ulushi boshqa daromadli guruhlarnikidan sezilarli darajada yuqorini tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala