Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Oʻzbekistonda SHHT Sammitiga tayyorgarlik ishlari boshlandi

© Foto / Irina PasxinaPloщad Registan, Samarkand
Ploщad Registan, Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Samarqand shahrida infratuzilma obʼyektlarini barpo etish, taʼmirlash, jihozlash  kabi vazifalarni amalga oshirish uchun doimmiy ishchi guruh tarkibini tasdiqlaydi
TOSHKENT, 3 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "2022 yilda Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi  farmoyishi qabul qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Vid sverxu na ploщad Registan v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Jamiyat
Samarqandda SHHT sammitiga tayyorgarlik qizgʻin - Sputnik reportaji
Hujjatda 2022-2023 yillarda Samarqand shahrida oʻtkazilishi belgilangan qator anjumanlar, forumlar, festivallarni va boshqa yuqori darajagi xalqaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy, turistik va sport tadbirlarini sifatli tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik  koʻrish va ularni yuksak saviyada oʻtkazish vazifalari belgilangan.
Xususan, farmoyishga muvofiq, 2022 yilda Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.
Komissiyaning asosiy vazifalari etib Sammitni yuqorida saviyada oʻtkazilshga qaratilgan kompleks tayyorgarlik va tashkiliy tadbirlarni  amalga oshirish, Sammit kontseptsiyasi va dasturini ishlab chiqishni taʼminlash, ushbu farmoyish, undan kelib chiqadigan Vazirlar Mahkamasi qarorlari va «yoʻl xaritalari»da belgilanadigan vazifalarning ijrosini qatʼiy monitoring qilib borish va boshqalar belgilandi.
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2020
Jamiyat
Oʻzbekiston SHHT davlatlari oʻrtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Samarqand shahrida infratuzilma obʼyektlarini barpo etish, taʼmirlash, jihozlash  kabi vazifalarni amalga oshirish uchun doimmiy ishchi guruh tarkibini tasdiqlaydi.
Farmoyishga koʻra, Tashqi ishlar vazirligiga xorijiy davlatlardan, xususan Xitoydan xalqaro yirik tadbirlarni tashkil etish boʻyicha ilgʻor tajribaga ega ekspert va mutaxassislarni jalb  etish va Sammit doirasida taklif qilinadigan tarjimonlar roʻyxatini tuzish hamda tadbirlarda sinxron tarjima qilish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuklatildi.
Shuningdek, mazkur hujjat bilan "www.sco-summit2022.uz" veb-sayti faoliyati yoʻlga qoʻyilib, oʻtkazilgan tadbirlar boʻyicha Oʻzbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligiga oid tegishli maʼlumotlar bilan toʻldirib boriladi.
Hujjatga koʻra, Sammitning xalqaro va  mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash maqsadida "Sammit media markazi"ni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab  chiqiladi.
Farmoyishga binoan, vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan joriy yilda har oyda bir marotaba, 2022 yilda esa har 15 kunda Komissiyaga maʼlumot berib boradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala