Jamiyat

Chet elga chiqishga taʼqiq borligini telegram-bot orqali tekshirish mumkin - MIB

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Fotobankka oʻtishRabota belorusskoy tamojennoy slujbы
Rabota belorusskoy tamojennoy slujbы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Fuqarolarda har qanday toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni MIB sahifasi orqali elektron tarzda toʻlash imkoniyati mavjud. 
TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Chet elga chiqishga taʼqiq borligini telegram orqali tekshirish mumkin. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda. 
Xabarda aytilishiga koʻra, pandemiya vaqtida chet elga chiqish uchun sanitar-gigiyenik talablar bilan bir qatorda, hech qanday qarzdorlik majburiyati ham boʻlmasligi boʻlmasligi lozim. 
Qarzdorlik bor-yoʻqligini Majburiy ijro byurosi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus telegram bot - @mibuzbot orqali tekshirib, bilib olish mumkin. Mazkur telegram botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish mumkin, - deyilgan xabarda. 
Telegram-botdan foydalanish uchun, telefon raqamini kiritish talab etiladi. Fuqarolarda qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni MIB sahifasida elektron tarzda toʻlash imkoniyati ham bor. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala