Dunyoda

Ukraina Oʻzbekistonni "Qrim platformasi" sammitiga taklif qildi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishFlag Ukrainы
Flag Ukrainы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Ukraina Oʻzbekistonni "Qrim platformasi" sammitida ishtirok etishga taklif qildi. Chorshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Emina Japarova Oʻzbekiston Respublikasining ushbu mamlakatdagi elchisi Alisher Kurmanov bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Ukraina Oʻzbekistonni "Qrim platformasi" sammitida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda Ukraina TIV sayti maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Kak na Ukraine razrushayutsya starinnыe dvortsы i usadbы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.02.2021
Video
Tarixni qutqarish kerakmi-yoʻqmi? Ukraina qanday qilib XVI asr qoʻrgʻonchalariga "qoʻl siltadi"
Avvalroq, Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Vazirlar Mahkamasiga "Qrim platformasi"ni tashkil etish va ishga tushirish, qrim-tatar tili, madaniyati va Qrim aholisining huquqlarini himoya qilishni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralarni koʻrish toʻgʻrisida topshiriq bergandi.
Chorshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Emina Japarova Oʻzbekiston Respublikasining ushbu mamlakatdagi elchisi Alisher Kurmanov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Japarova Kiyev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ukraina Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali marosimda va "Qrim platformasi" inauguratsiya sammitidagi ishtirok etishini mamnuniyat bilan qayd etishini tasdiqladi.
Bundan tashqari, Japarova Ukrainaning Turk dunyosini birlashtiruvchi tashkilot - Turkiy Kengashda kuzatuvchi-davlat maqomini olish niyati borligiga eʼtibor qaratdi, shuningdek yaqin kelajakda mamlakat uchun Islom hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomini olish muhimligini taʼkidladi.
2021 yilda “Qrim platformasi” sammitining oʻtkazilishini Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba eʼlon qilgandi. Sammitda yarimorolni "qaytarish" boʻyicha muzokaralar olib borish rejalashtirilgan. Ukraina tomoni Turkiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH hamda Rossiya vakillarini diskussiyaga qoʻshilishni taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala