Rossiya

Rospotrebnadzor rahbari "Mehr-Saxovat" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

© IA "Dunyo"Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Abduxakim Xadjibayev vruchil rukovoditelyu Rospotrebnadzora Anne Popovoy nagrudnыy znak "Mexr-saxovat"
Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Abduxakim Xadjibayev vruchil rukovoditelyu Rospotrebnadzora Anne Popovoy nagrudnыy znak Mexr-saxovat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaga "Mehr-Saxovat" koʻkrak nishonini topshirdi.
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova "Mehr-Saxovat" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi, deb xabar qildi "Dunyo" AA.
Vid na gorod Tashkent. Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Toshkent shahar fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etiladi
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Anna Popovaga koʻkrak nishonini topshirdi. Tadbir seshanba kuni Moskvada boʻlib oʻtdi.
Anna Popova yuksak mukofot uchun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi.
COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon Rospotrebnadzor Oʻzbekistonga infektsiyani aniqlovchi 140 mingta test toʻplamini taqdim etdi, bu SSV maʼlumotlariga koʻra, virusni oʻz vaqtida aniqlash va tarqalishini oldini olishga imkon berdi.
Shuningdek, Rossiyaning yetakchi mutaxassislari oʻzbek hamkasblariga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish uchun respublikaga yuborilgandi.
Bundan tashqari, ushbu tashkilot “SPID infosvyaz” tashkiloti va UNAIDS bilan hamkorlikda mamlakatimizga birlamchi tibbiy-profilaktika, akusherlik, ginekologik, kardiologik va urologik yordam koʻrsatishga moʻljallangan koʻchma diagnostika majmuasi hamda xavfli infektsiyalarni (OITS, COVID-19 va boshqalar) tekshirish va aniqlash boʻyicha xizmatlarni taqdim etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala