Video

Kelin toʻyi kuni magistraturaga imtihon topshirdi – video

Gruziya poytaxti Tbilisida kelin toʻyi vaqtida magistratura imtihonini onlayn topshirdi. Kelin savollarga javob berayotgan vaqtni toʻyni bir muddatga toʻxtatib turishga toʻgʻri keldi.
Toʻyi kuni imtihon topshirayotgan kelin aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa toʻyda suratchi boʻlib ishlagan shaxs joylashtirgan.
U kelindan nima qilayotganini soʻraydi.
“Imtihon uchun yozyapman... Biznes-kommunikatsiya boʻyicha magistraturaga imtihon topshiryapman”, - deya javob beradi qiz.
U telefonidagi ilovani ochib koʻrsatadi. “Mana testlar va mavzular”, deydi oppoq libosdagi kelin.
Maʼlum boʻlishicha, toʻy va imtihon kuni tasodifan bir kunga toʻgʻri kelgan. Juftlik toʻy sanasi oldindan belgilab olgan boʻlgan, keyin bu kunga imtihon tayinlangani oydinlashgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala