Jamiyat

Qibrayda har kuni ariqqa qon oqizayotgan soʻyish korxonasi ogohlantirildi

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Korxona veterinariya-sanitariya qoidalari va meʼyorlarini buzgani, yaʼni kushxonadan chiqqan chiqindilarni haqiqatdan ham ariqqa oqizayotgani aniqlangan.
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “OBOD SAVDO BIZNES” MCHJga qarashli ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasi masʼullarini ogohlantirdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkentda Chirchiq daryosiga chiqindilar tashlab ketildi - kim tozalaydi? - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.02.2021
Video
Toshkentda Chirchiq daryosiga chiqindilar tashlab ketildi - kim tozalaydi?
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ushbu MCHJga qarashli soʻyish korxonasi tomonidan ariqdagi oqova suvga chiqindilar oqizilayotganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan edi.
Qoʻmita masʼullari hodisani joyiga borib oʻrganishgan. Oʻrganish natijalariga koʻra, ushbu soʻyish korxonasida veterinariya-sanitariya qoidalari va meʼyorlari buzilganligi, yaʼni kushxonadan chiqqan chiqindilar haqiqatdan ham ariqqa oqizilayotganligi maʼlum boʻlgan.
Aniqlangan kamchiliklarni 5 kun muddat ichida zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha veterinariya mutaxassislari tomonidan zarur koʻrsatmalar berilgan va ogohlantirish xati yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala