https://oz.sputniknews-uz.com/20210308/IT-zbekistonda-ishlo-khzhaligi-va-turizm-vazirlari-uchrashuvi-tkaziladi-16151117.html
IHT: Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va turizm vazirlari uchrashuvi oʻtkaziladi
IHT: Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va turizm vazirlari uchrashuvi oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xodi Sulaymonpur bilan uchrashdi. 08.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-08T12:43+0500
2021-03-08T12:43+0500
2021-03-10T10:48+0500
iqtisod
toshkent
hamkorlik
oʻzbekiston
iqtisod
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/737/84/7378476_0:0:1201:676_1920x0_80_0_0_a0adf6bd4a79c21542f43fcdb8bf621a.jpg
TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. 7 mart kuni Tehronga tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xodi Sulaymonpur bilan uchrashdi.Tomonlar Oʻzbekiston va IHT oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar, xususan, 2021-yilda tashkilotga aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi va turizm vazirlarining navbatdagi uchrashuvini Oʻzbekistonda oʻtkazish toʻgʻrisida fikr almashdilar.4-martda videokonferentsaloqa shaklida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 14-sammitida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.IHT Bosh kotibi Oʻzbekiston rahbarining takliflari tashkilotga aʼzo mamlakatlar tomonidan katta qiziqish va qoʻllab-quvvatlashga sabab boʻlganligini taʼkidladi.Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar doirasida tadbirkorlar va xorijiy investorlarning manfaatlarini himoya qilish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.Shu nuqtayi nazardan soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning tuzilmaga aʼzo davlatlar bilan umumiy tovar aylamasi hajmi bir yarim baravarga oshib, 9 milliard AQSH dollarini tashkil etgani taʼkidlangandi. Oʻzbekistonda IHTga aʼzo mamlakatlarning 5 mingga yaqin korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.Tashkilot Bosh kotibi joriy yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaga taklif qilindi.Muzokaralar chogʻida, Oʻzbekiston va IHT oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarning boshqa dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210304/Turkiya-TIV-rahbari-Ozbekistonga-keladi-16128101.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/737/84/7378476_17:0:1084:800_1920x0_80_0_0_3d5ba9fc45700b21d1e42fa01908afd6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, toshkent, hamkorlik, oʻzbekiston
IHT: Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va turizm vazirlari uchrashuvi oʻtkaziladi
12:43 08.03.2021 (yangilandi: 10:48 10.03.2021) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xodi Sulaymonpur bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. 7 mart kuni Tehronga tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xodi Sulaymonpur bilan uchrashdi.
Tomonlar Oʻzbekiston va IHT oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar, xususan, 2021-yilda tashkilotga aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi va turizm vazirlarining navbatdagi uchrashuvini Oʻzbekistonda oʻtkazish toʻgʻrisida fikr almashdilar.
4-martda videokonferentsaloqa shaklida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 14-sammitida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
IHT Bosh kotibi Oʻzbekiston rahbarining takliflari tashkilotga aʼzo mamlakatlar tomonidan katta qiziqish va qoʻllab-quvvatlashga sabab boʻlganligini taʼkidladi.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar doirasida tadbirkorlar va xorijiy investorlarning manfaatlarini himoya qilish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shu nuqtayi nazardan soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning tuzilmaga aʼzo davlatlar bilan umumiy tovar aylamasi hajmi bir yarim baravarga oshib, 9 milliard AQSH dollarini tashkil etgani taʼkidlangandi. Oʻzbekistonda IHTga aʼzo mamlakatlarning 5 mingga yaqin korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Tashkilot Bosh kotibi joriy yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaga taklif qilindi.
Muzokaralar chogʻida, Oʻzbekiston va IHT oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarning boshqa dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.