Sport

Jasur Jaloliddinov qaysi klubga oʻtgani maʼlum boʻldi

 Jasur Jaloliddinov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2021
18 yoshli Jasur Jaloliddinov "Bunyodkor" akademiyasining bitiruvchisi. 2020 yil fevral oyida u Oʻzbekiston milliy terma jamoasida debyut qildi.
TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. "Lokomotiv"ning sobiq yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov Oʻzbekistonning "Andijon" futbol klubiga oʻtdi.
Bu haqda klubning tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi. 
Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati 26 yanvar kuni klub oʻzaro kelishgan holda oʻzbekistonlik yosh futbolchi Jasurbek Jaloliddinov bilan shartnomani bekor qilganini eʼlon qilgandi. 2019 yilda dunyoning eng kelajagi porloq futbolchilaridan biri deb eʼtirof etilgan oʻyinchi bilan shartnoma oʻtgan yili besh yilga tuzilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala