MAZ Oʻzbekistonda yuk avtomobillari shassisi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi

© Sputnik / Yegor Yeremov / Fotobankka oʻtishZdaniye Minskogo avtomobilnogo zavoda (MAZ) v Minske
Zdaniye Minskogo avtomobilnogo zavoda (MAZ) v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Belorussiyaning “MAZ” va Oʻzbekistonning “KRANTAS” kompaniyalari Oʻzbekistonda MAZ yuk avtomobillari shassisi ishlab chiqarish haqida kelishib olishdi.
TOSHKENT, 9 mar – Sputnik. Belarusning Minsk avtomobil zavodi Oʻzbekistonda yuk avtomobillari shassisi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqida Oʻzbekiston va Belarus hukumatlararo komissiyasining 8-majlisida kelishib olindi.
Majlisda Belarus bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Subbotin va Oʻzbekiston tavshqi savdo investitsiyalar vaziri Sardor Umurzakov ishtirok etishdi.
BELAVTOMAZ xoldingining OAO “MAZ” boshqaruvchi kompaniyasi bosh direktori Valeriy Ivankovich Oʻzbekistonning OOO “KRANTAS” kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazdi va Oʻzbekistonda MAZ yuk avtomobillari shassisi ishlab chiqarish haqida kelishib olishdi. Oʻzbekiston tomon ushbu korxonaga turli imtiyozlar berish va qoʻllab-quvvatlashni vaʼda berdi.
Direktor IP OOO MAZ-Tashkent Valeriy Jigunov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2019
Analitika
Jigunov: quruvchilik ishlari avj olgan Oʻzbekiston uchun MAZ maxsus texnikasi juda zarur
Ushbu hamkorlik natijasida ikki respublika orasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi oshishi, mahalliy bozorda belarus avtomobil texnikasining raqobatbardoshlishi oshishi kutilmoqda.
OAO "MAZ" Oʻzbekiston bilan koʻp yillardan beri muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Ular Toshkentda MAZ yuk avtomobillari, avtobuslar va maxsus texnikasi savdosini yoʻlga qoʻyishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala