Dunyoda

Pfizer Yaponiyada uch kunda sakkiz kishida anafilaksiyani keltirib chiqardi

© AP Photo / Francois MoriFlakon s vaktsinoy Pfizer/BioNTech
Flakon s vaktsinoy Pfizer/BioNTech - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Maʼlum boʻlishicha, 20 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan sakkiz nafar ayol vaktsinatsiyadan soʻng 5 daqiqadan to 30 daqiqagacha boʻlgan muddatda xuruj (pristup)ni boshdan kechirishgan.
TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. Koronavirusga qarshi Pfizer preparati 5-8 mart sanalari oraligʻida Yaponiyada sakkiz kishida anafilaksiya (allergik reaktsiya)ni keltirib chiqardi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayangan holda.
Maʼlum boʻlishicha, 20 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan sakkiz nafar ayol vaktsinatsiyadan soʻng 5 daqiqadan to 30 daqiqagacha boʻlgan muddatda xuruj (pristup)ni boshdan kechirishgan.
Ularda nafas olishning qiyinlashishi, shish holatlari, shuningdek, qon bosimining pasayishi holatlari kuzatilgan. Shifokorlar bu pristuplarni darhol toʻxtatishga muvaffaq boʻlganlar.
Yaponiyada COVID-19ga qarshi vaktsinatsiya ishlari 17 fevral kunidan yuzta tibbiyot markazlarida start olgan edi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 70,7 ming nafar tibbiyot ishchilari vaktsinatsiya qilingan.
Sal avval Sputnik radiosi Avstriyada AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan preparatlar bilan vaktsinalashni ayol kishining oʻlimidan keyin toʻxtatishgani haqida xabar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala