Jamiyat

Haj mavsumi boshlangani yoʻq - Din ishlari boʻyicha qoʻmita rasmiy bayonoti

© AP Photo / STRSotni musulmanskix palomnikov okrujayut Kaabu
Sotni musulmanskix palomnikov okrujayut Kaabu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Soʻnggi kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2021 yilgi Haj mavsumini tashkil etilishi bilan bogʻliq turli xabarlar tarqalmoqda.
TOSHKENT, 10 mar – Sputnik. Haj mavsumi boshlangani haqidagi xabarlar rasmiy asosga ega emas, deyiladi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bayonotida.
Soʻnggi kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2021 yilgi Haj mavsumini tashkil etilishi bilan bogʻliq turli xabarlar tarqalmoqda.
Gorod Mekka v Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2020
Jamiyat
Bu yilgi haj mavsumiga tayyorgarlik epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha toʻxtatildi
Oʻz navbatida, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga OAV vakillari va fuqarolar tomonidan mazkur masalaga oydinlik kiritish boʻyicha murojaatlar boʻlmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Din ishlari boʻyicha qoʻmita Saudiya Arabistoni rasmiylari hamda Haj va Umra ishlari boʻyicha Attashe bilan mazkur masalada muntazam aloqa oʻrnatgan.
Shundan kelib chiqib, quyidagilar maʼlum qilinmoqda:
"Ijtimoiy tarmoqlarda "Muqaddas Xaj Safariga rasman ruxsat berildi. Faqatgina xaj safariga bormoqchi boʻlganlar koronavirusga vaktsina qabul qilgan boʻlishlari shart" va boshqa shu kabi sarlavhalar ostida tarqatilayotgan xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega emas", - deyiladi xabarda.
Bu kabi xabarlarning tarqalishi va turlicha talqin qilinishi – Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirining "Haj mavsumi ziyoratchilarini qabul qilishning asosiy sharti – "COVID-19" ga qarshi emlangani boʻladi", mazmunidagi intervyusiga asoslangan.
Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish boʻyicha Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar hech qanday rasmiy qaror eʼlon qilinmagan.
Haj va umra ziyoratlari bilan bogʻliq asosli maʼlumotlar Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali eʼlon qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala