Jamiyat

Vaktsinatsiya, “muzlatgich zanjiri” va sertifikat - Yusupaliyev

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye punktov vaktsinatsii v torgovыx tsentrax Yekaterinburga
Otkrыtiye punktov vaktsinatsii v torgovыx tsentrax Yekaterinburga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Bahodir Yusupaliyev aholini emlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev aholini emlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
“Bugungi kunda ikkita asosiy yoʻnalishda ishlar olib borilmoqda. Birinchi - emlash jarayoni tashkil etish, moddiy-texnika bazasi, kadrlar salohiyati, “muzlatgich zanjiri”ni hosil qilish va ikkinchi yoʻnalish - vaktsinalarni xarid qilish masalasi”, - dedi Yusupaliyev.
Sogʻliqni saqlash vazirligi, hukumat va sanitariya-epidemiologiya tizimi tomonidan har bir poliklinikada, shifokorlik punktida 3168 ta emlash punklari tashkil etildi, shuningdek, uyda yotib qolgan kishilarni emlash maqsadida 860 tadan ziyod mobil-brigadalar tashkil etildi. Aholini emlash jarayonini tashkil etish uchun “muzlatgich zanjiri”ni hosil qilish uchun 17 ta avtorefrijerator, 206 ta miniven mashinasi xarid qilindi va joylarga yetkazildi.
Shprits, xavfsiz qutilar taʼminoti yoʻnalishida - 6 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi va xarid jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Tibbiyot xodimlarni tayyorlash yoʻnalishida – 10 mingdan ortiq vaktsinatorlar, patronaj xamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlari emlash jarayoniga tayyorgarlik koʻrmoqda.
“Birinchi navbatda, emlanadigan aholi vakillarini elektron roʻyxatga olish ishlari olib borilyapti. Yangi emlash.uz deb nomlangan sayt yaratildi. Vaktsina olgan fuqarolar bu saytda roʻyxatdan oʻtkazib boriladi. Ularga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi”, - dedi SSV vakili.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala