Video

Manijaning shov-shuvli klipi YouTube᾽da qisqa fursatda 1 milliondan ortiq koʻrildi

Bu yil nufuzli “Yevrovideniye” xalqaro musiqiy tanlovda Rossiya sharafini himoya qiladigan xonanda Manijaning klipi kecha omma eʼtiboriga havola qilindi va bir zumda shov-shuvga sabab boʻldi.
“Eurovision Song Contest” YouTube kanaliga joylashtirilgan klip ayni daqiqalarda 1 055 882 marta koʻrilgan va Rossiya trendida ikkinchi kun ham 3-oʻrinda.
Qayd etish joizki, kecha Avstriya, Avstraliya, Estoniya va Shveytsariya vakillarining klipi ham omma eʼtiboriga havola qilingandi, ammo ularning kliplarb Manijanikiga qaraganda ancha kam koʻrilgan.
Manizha (Manija Sangin) – asli kelib chiqishi tojikistonlik boʻlgan rossiyalik qoʻshiqchi. Ijoddan tashqari u jamiyat hayotida ham faol ishtirok etib keladi.
Bir necha oy ilgari Manija Rossiyadan BMTning qochoqlar ishi boʻyicha birinchi erkin elchisi boʻldi. Endi esa mamlakat nomidan xalqaro yirik musiqiy tanlovlardan birida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala