Sport

Tomas Bax XOQ prezidentligiga qayta saylandi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishPrezident Mejdunarodnogo olimpiyskogo komiteta Tomas Bax
Prezident Mejdunarodnogo olimpiyskogo komiteta Tomas Bax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
XOQning amaldagi rahbari Tomas Bax nomzodini 93 kishi yoqlab ovoz bergan.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Tomas Bax Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) prezidentligiga qayta saylandi. Uni ushbu lavozimga qoʻmitaning 137-sessiyasida qayta saylashdi.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, ushbu lavozimga 8 yildan beri tashkilotni boshqarib kelayotgan Tomas Baxning oʻzi yagona nomzod boʻlgan.
XOQ prezidentligi uchun ovoz berish jarayonida Tomas Bax nomzodini 93 kishi yoqlab ovoz bergan. 4 kishi betaraf boʻlgan va 1 kishi esa qarshi ovoz bergan.
Shu tariqa, XOQning amaldagi rahbari Bax kelgusi 4 yil davomida ham tashkilotni boshqaradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala