Taniqli rejissor Bahrom Yoqubov vafot etdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSvecha, gvozdiki
Svecha, gvozdiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
Taniqli rejissorning vafoti munosabati bilan qator shou-biznes vakillari ijtimoiy tarmoqlarda chuqur hamdardlik bildirganlar.
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. O‘zbekistonning taniqlik rejissorlaridan biri Bahrom Yoqubov 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda san’at va shou-biznes vakillari o‘zlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar qoldirganlar.
Kinorejissor 1961-yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan.
"Romeo va Julyetta", "Baxt uchun million", "Fotima va Zuhra", "Super kelinchak", "O, Maryam, Maryam", "Majruh" singari kartinalari bilan shuhrat qozongan.
Taniqli rejissorning vafoti munosabati bilan qator shou-biznes vakillari ijtimoiy tarmoqlarda chuqur hamdardlik bildirganlar.
Xususan, aktrisa Zarina Nizomiddinova o‘zining Instagrammida "joyingiz jannatdan bo‘lsin ustoz", degan so‘zlarni yozib qoldirgan va 16 yoshida suratga tushgan kartinasi - "Romeo va Julyetta" singari filmlar boshqa suratga olinmasa kerak, deya afsus bilan qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0