Jamiyat

“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi.
TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, jumladan, quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam koʻrsatishga;
yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda oʻzini oʻzi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini koʻpi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
mamlakatidagi OTMda oʻqiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlab berishga;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli ogʻir boʻlgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bogʻliq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala