Jamiyat

Oʻzbekistonliklar 2021 yilda ikki kun ziyod dam olishlari mumkin: farmon loyihasi

© Depositphotos / Mizar_219842Nastennыy kalendar s votknutыmi bulavkami
Nastennыy kalendar s votknutыmi bulavkami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Qaysi kunlarni dam olish kunlari etib belgilash rejalashtirilayotgani va qaysi dam olish kunlari koʻchirilishi haqida - materialimizda oʻqing.
TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Oʻzbekistonda 2021 yil uchun yana qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilash taklif etilmoqda
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Prezidentining "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmon loyihasini muhokamaga qoʻydi.
Unga koʻra, "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida fuqarolarning faol dam olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida qoʻshimcha dam olish kuni belgilash taklif qilinmoqda.
Jumladan, 2021 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanadi:
14 may—juma;
2 sentyabr — payshanba;
3 sentyabr — juma;
31 dekabr —juma.
2021 yilda dam olish kunlari:
27 mart — shanba kunidan 22 mart — dushanba kuniga;
17 iyul — shanba kunidan 21 iyul — chorshanba kuniga;
24 iyul — shanba kunidan 22 iyul — payshanba kuniga koʻchiriladi.
Bundan tashqari, farmonning 3-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi: 2021 yil 2 yanvar — shanba, 20 mart — shanba, 22 mart — dushanba, 15 may — shanba, 21 iyul — chorshanba, 22 iyul —payshanba va 4 sentyabr — shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼi nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala