Iqtisod

Yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun maʼqullandi – asosiy oʻzgarishlar

© Sputnik / Ruslan KrivobokEkran, transliruyuщiy birjevыe grafiki i diagrammы
Ekran, transliruyuщiy birjevыe grafiki i diagrammы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Qonunning yangi tahririga bugungi kunda koʻplab huquqiy boʻshliq tufayli yuzaga kelayotgan masalalarga barham berish maqsadida qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Joriy yilning 12 mart kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun maʼqullandi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga koʻra, mazkur qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ochiq va shaffof, samarali hamda yaxlit tizimni yaratishdan iboratdir.
Qonunning yangi tahririga bugungi kunda koʻplab huquqiy boʻshliq tufayli yuzaga kelayotgan masalalarga barham berish maqsadida quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi:
davlat xaridlariga yoʻnaltiriladigan byudjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalarni maqsadli ishlatish;
korruptsiyaga qarshi kurashishda aniq va samarali natijalarga erishish, jumladan, davlat xaridlariga oid axborotning shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, davlat xaridlarida korruptsiyaga yoʻl qoʻymaslik, insofli raqobatni va qarorlar qabul qilish chogʻida xolisona mezonlardan foydalanilishini taʼminlash masalalari aniq belgilanmoqda;
manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasiga aniq tarif berilmoqda hamda ushbu holatga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli tartib lar belgilanmoqda;
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu qonunning va davlat xaridlari sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini vakolati doirasida amalga oshiruvchi tashkilotlardan biri etib belgilandi.
Novыy Chevrolet Equinox - pervыe snimki v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2020
Jamiyat
Yaqinda amaldorlar lavozimiga qarab mashina minadigan boʻladi - moliya vaziri
Qonunning hayotga tatbiq etilishi amalda bir-biriga zid boʻlgan qonunchilik talablariga barham beribgina qolmay, xaridlar shaffofligini taʼminlaydi hamda tadbirkorlik subʼyektlari va aholi uchun ham qulaylik yaratadi, deb qoʻshimcha qilingan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala