Dunyoda

Qirgʻizistonda Ramazon oyi boshlanishining taxminiy sanasi aytildi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishRamadan v Kazaxstane
Ramadan v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Oʻtgan yili Oʻzbekistonda muborak Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga toʻgʻri kelgan edi.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Qirgʻizistonda bu yil muqaddas Ramazon oyi 13-14 aprel kunlari boshlanadi, ammo bu taxminiy sana. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston agentligi mamlakat Musulmonlar idorasi boshqarmasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Idora aniq maʼlumot Oy koʻrinishiga qarab, roʻza boshlanishiga yaqin berilishini taʼkidlagan. Shuning uchun Qirgʻiziston Musulmonlar idorasi boshqarmasi sana oʻzgarishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na sovmestnom zasedanii Zakonodatelnoy palatы i Senata Oliy Majlisa. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2020
Siyosat
"Qiyinchiliklar oʻtib ketadi": Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
Ramazon musulmonlarning muqaddas oyi va Islom dinining besh ustunidan biridir. Hadislarda Ramazon hiloli koʻringach roʻza tutilishi aytilgan. Shaʼbon oyining 29 kuni tugagach, ochiq joyga borib yangi oy koʻrinishi poylanadi. Shundan soʻng muqaddas oy qaysi kunga toʻgʻri kelishi haqida xulosa qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Oʻzbekistonda muborak Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga toʻgʻri kelgan edi. Prezident qarori bilan Ramazon oyini karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda, uy sharoitida, oila davrasida oʻtkazish belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala