Rossiya

Rossiyada 50 ta mamlakat harbiylari “Sputnik V” bilan emlandi

© Sputnik / Fotobankka oʻtish
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Rossiyada faoliyat yuritayotgan 50 ta chet el elchixonasi harbiy attashelari va ularning oila aʼzolari “Sputnik V” bilan emlandi.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. 50 ta mamlakat harbiy attashelari hamda ularning oila aʼzolari koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Xalqaro harbiy hamkorlik Bosh boshqarmasi (XHH BB) boshligʻi Aleksandr Kshimovskiy “Zvezda” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
50 mamlakat harbiy attashelari hamda ularning oila aʼzolari – jami 300 nafarga yaqin kishi – ham oʻz tadbirlari, ham biror bir xalqaro muzokaralarni xavfsiz oʻtkazish maqsadida emlash tadbirlarini oʻtkazishga qaror qilishdi.
Aleksandr Kshimovskiy
Rossiya Mudofaa vaziri XHH BB boshligʻi
Rossiya armiyasida “Sputnik V” bilan ommaviy emlash ishlari olib borilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 13 mart holatiga koʻra qoʻshinlardagi 389 mingdan ziyod harbiylar emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala