So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish ko‘paymoqda: Toshkent mutlaq yetakchi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota kovid-gospitalya
Rabota kovid-gospitalya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi ikki-uch kuni davomida O‘zbekistonda koronavirus bilan kassallanayotganlar soni yana ko‘payotgani kuzatilmoqda
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Kecha, 13-mart kuni O‘zbekistonda yana 86 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 3 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 77 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu tariqa mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 80 567 nafarga yetgan. Jami 79 242 bemor tuzalib ketgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 703 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Qayd etish joizki, so‘nggi ikki-uch kun davomida O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanayotganlar soni yana ko‘payotgani kuzatilmoqda. 12-mart kuni 89 kishida, 11-mart kuni 45 kishida, 10-mart kuni esa 79 kishida koronavirus aniqlangan. Bunga qadar mamlakatda aniqlanayotgan kasallanish holatlari pastligicha (9 mart 21 kishi, 8-mart 28 kishi) qolayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0