Davlat qarzi qayerdan kelib qayerga ketmoqda - moliya vaziri maʼlumoti

© Mejdunarodnыy press-klubPervыy zamestitel predsedatelya Tsentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov
Pervыy zamestitel predsedatelya Tsentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Oʻzbekiston tomonidan xorijiy tashkilotlardan olinayotgan davlat tashqi qarzi asosan – energetika, transport, muhandislik va telekommunikatsiya, kimyo va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilmoqda.
TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Kecha Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida Davlat tashqi qarzi mavzusiga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda bir qator vazirlik vakillari, deputatlar va jurnalistlar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Zamon.uz.
Moliya vaziri Timur Ishmetov taʼkidlashiga koʻra, 2021 yiling 1 yanvar holatiga Oʻzbekiston tashqi qarzi miqdori 21,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu YAIMning 36,5%ga teng.

Oʻzbekiston tashqi qarzi koʻpmi?

Timur Ishmetov taʼkidlashicha, davlat qarzi – bu har qanday davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas va muhim qismidir.Soʻnggi yillardagi Oʻzbekiston tashqi qarzi miqdori oʻsishiga qaramay, moʻʼtadil darajada saqlanib qolmoqda.
Monetы nominalom 1 yevro i banknotы yevro razlichnogo nominala - Sputnik Oʻzbekiston
Tashqi qarz

Iqtisodchilar aytishiga qaraganda, davlat tashqi qarzi miqdori YAIMning 50%idan oshsa - xavtir olishni boshlash kerak. Lekin bir necha rivojlangan davlatlar tashqi qarzi YAIMdan oshib ketgan boʻlsa ham buning salbiy taʼsiri kuzatilmagan. Xususan, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya bunga misol boʻlishi mumkin.

KengaytirishYigʻishtirish
Kun tartibidagi asosiy masala – Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzini shakllantirish jarayoni, uning dinamikasi va tuzilishi, loyihalarni tanlash va moliyalashtirish, qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini taʼminlashdan iborat boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vaziri Timur Ishmetovning taʼkidlashicha, davlat qarzi – bu har qanday davlatning, davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas va muhim qismidir. yekiston Respublikasining Moliya vaziri Timur Ishmetovning taʼkidlashicha, davlat qarzi – bu har qanday davlatning, davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas va muhim qismidir.

Tashqi qarz davlatlar va qaysi tashkilotlardan olingan ?

Osiyo taraqqiyot banki - 5 mlrd. $
Jahon banki - 3,7 mlrd. $
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi - 2 mlrd. $
Xitoy Eksimbanki - 2 mlrd. $
Xitoy davlat taraqqiyot banki - 2 mlrd. $
Xalqaro investorlar - 1,7 mlrd. $
Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamgʻarmasi va boshqalar - 1 mlrd. $
Islom taraqqiyot banki - 0,9 mlrd. $
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va boshqalar - 0,4 mlrd. $
Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar - 2,4 mlrd $

Olingan mablagʻlar nimalarga sarflanmoqda?

Davlat tashqi qarz sifatida olingan mablagʻlari, asosan – energetika, transport, muhandislik va telekommunikatsiya, kimyo, taʼlim, qishloq xoʻjaligi va sogʻliqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Xususan, 2020 yil soʻngida:
elektr energiyasi sanoatiga - 3,1 mlrd. $ (14,6 %)
neft va gaz sohasiga – 2,6 mlrd.$ (12,4 %)
transport va transport infratuzilmasiga – 2,4 mlrd.$ (11,5 %)
uy-joy kommunal xoʻjaligiga - 2 mlrd.$ (9,4 %)
Maʼlumot uchun: “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining 2020 yil oktyabr oyidagi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi past darajadagi davlat tashqi qarziga ega. Agentlikning taʼkidlashicha, davlat qarzi oʻrta muddatda "BB" reytingiga ega mamlakatlarning oʻrtacha koʻrsatkichidan past darajada saqlanib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala