Qotilliklar seshanba kuni kechqurun Atlanta shahrida joylashgan ikkita SPA-salonda va shahar chetida joylashgan yana bitta SPA-salonda sodir boʻlgan. Qurbonlarning
TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. AQShing Jorjiya shtatida massaj salonlarga uyushtirilgan hujum oqibatida 8 kishi otib oʻldirildi, deb xabar qilmoqda Associated Press nashri. Politsiya ushbu jinoyatlar izidan Vudtoklik Robert Aaron Long ismli 21-yoshli fuqaroni qoʻlga olgan. Uning avtomobili jinoyat sodir etilgan joylarning barchasida videokameralarda qayd etilgan. AP xabarida aytilishiga koʻra, ushbu jinoyatlar irqchilik sababli amalga oshirilgan boʻlish ehtimoli bor. Chunki soʻnggi vaqtlarda AQShda osiyoliklarga nisbatan amalga oshirilayotga hujumlar soni keskin oshgan. Ayniqsa 2020 yilning mart oyidan boshlab, deyilgan xabarda. Eslatib oʻtamiz, Koronavirus pandemiyasi boshlanganida AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu pandemiya kelib chiqishida toʻgʻridan - toʻgʻri Xitoyni ayblagan, koronavirusni "xitoy virusi" deb atagan edi.
Atlantada 21-yoshli fuqaro sakkiz nafar osiyolik ayollarni otib oʻldirdi.
TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. AQShing Jorjiya shtatida massaj salonlarga uyushtirilgan hujum oqibatida 8 kishi otib oʻldirildi, deb xabar qilmoqda Associated Press nashri.
Qotilliklar seshanba kuni kechqurun Atlanta shahrida joylashgan ikkita SPA-salonda va shahar chetida joylashgan yana bitta SPA-salonda sodir boʻlgan. Qurbonlarning barchasi ushbu salonlarda ishlaydigan osiyolik ayollar boʻlgan.
Politsiya ushbu jinoyatlar izidan Vudtoklik Robert Aaron Long ismli 21-yoshli fuqaroni qoʻlga olgan. Uning avtomobili jinoyat sodir etilgan joylarning barchasida videokameralarda qayd etilgan.
AP xabarida aytilishiga koʻra, ushbu jinoyatlar irqchilik sababli amalga oshirilgan boʻlish ehtimoli bor. Chunki soʻnggi vaqtlarda AQShda osiyoliklarga nisbatan amalga oshirilayotga hujumlar soni keskin oshgan. Ayniqsa 2020 yilning mart oyidan boshlab, deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Koronavirus pandemiyasi boshlanganida AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu pandemiya kelib chiqishida toʻgʻridan - toʻgʻri Xitoyni ayblagan, koronavirusni "xitoy virusi" deb atagan edi.