Video

Rossiyaga mutaxassislar zarur: Toshkentdagi Moskva migratsiya markazi filiali

Toshkentda Moskva koʻp tarmoqli migratsiya markazi (KTMM) filiali tantanali ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi.
Endi Rossiyada ishlash istagida boʻlgan oʻzbekistonliklar hujjatlarni yangi ochilgan filialda toʻldirishi mumkin. Fuqaro Rossiyaga yetib borgach, soddalashtirilgan tartibda patentni oladi.
Shuningdek, filialda kasbiy malakani baholash, ish beruvchi bilan suhbat tashkil etish, boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladi.
Filial migratsionnogo tsentra v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
KTMM filialining manzili

Yashnaobod tumani, Parkent koʻchasi, 331. “Ishga marhamat” monomarkazi

Taʼkidlanishicha, birinchi bosqichda filial Moskva kompaniyalari uchun tashkillashtirilgan tanlovni amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Keyinchalik yakka tartibda migrantlar qabul qilinadi.
KTMMda mehnat migrantlari Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtni tejash uchun kerakli hujjatlar toʻplamini oldindan toʻplab, rasmiylashtirishi mumkin. Patentni olish va uning uchun toʻlov Rossiyaga kelganidan keyin amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala