Hodisalar

Toshkentda fuqaroni shantaj qilgan ona va qiz ushlandi

© Sputnik / Pavel LisitsыnNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Ayol va uning qizi bir erkakdan sir saqlanishi lozim boʻlgan munosabatlarni oshkor qilmasligi uchun ikki marta pul talab qilgan.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Toshkent shahrida tovlamachilikka qoʻl urgan ona va qiz ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Chilonzor tumanida 46 yoshli fuqaro SH.U. ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Arizasida 45 yoshli Z.A. qizi M.R. bilan uning oʻgʻli oʻrtasidagi sir saqlanishi lozim boʻlgan munosabatlarni oshkor qilmasligi evaziga 480 dollar va 1 050 000 soʻmni tovlamachilik yoʻli bilan olganini bildirgan. Ayolga bu pullar kamlik qilgan va erkakdan yana 500 dollar talab qilgan.
V Kokande zaderjena devushka, kotoraya vыmogala dengi za intimnoye video - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Hodisalar
Qoʻqonda yosh ayol tovlamachilikka qoʻl urdi
Ayol va uning qizi bu pullarni Chilonzor metro bekati oldida olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan Z.A. va M.R.larga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala