Dunyoda

Bishkekda Navroʻz tantanalari bekor qilindi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy flag Kirgizskoy Respubliki
Gosudarstvennыy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Koronavirus infektsiyasi keskin tarqalishini oldini olish maqsadida Bishkekda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan ommaviy tadbirlar oʻtkazish taʼqiqlandi.
TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Bishkekda koronavirus tufayli Navroʻz bayramini nishonlashgan bagʻishlangan tantanalar bekor qilindi. Bu haqida shahar meriyasi xabar qilmoqda.
"Koronavirus bilan kasallanish holatlari keng tarqalishini oldini olish maqsadida, shahar favqulodda epidemiologik komissiyasi tomonidan Bishkek shahri hududida Navroʻz bayramiga bagʻishlangan ommaviy tadbirlar oʻtkazmaslikka qaror qilindi", - deyilgan rasmiy xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, Bishkekda 18 mart kuni 2551 kishida koronavirus va pnevmoniya holatlari aniqlangan.
Maʼlumot uchun Oʻzbekistonda ham Navroʻz bayramini nishonlashda barcha ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya etilgan. Toshkentda ham ommaviy tadbirlar oʻtkazish butunlay bekor qilinish ehtimoli bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala