Rossiya

Taygada hordiq chiqarayotgan Putin va Shoygu videosi paydo boʻldi

Avvalroq Rossiya prezidenti “biroq hordiq chiqarish uchun” dam olish kunlarini taygada oʻtkazishini maʼlum qilgandi.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot xizmati Sibirda Vladimir Putin va mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu hordiq chiqarayotgani aks etgan lavhalarni koʻrsatdi, deb yozadi RIA Novosti.
Avvalroq Putin “biroq hordiq chiqarish uchun” dam olish kunlarini taygada oʻtkazishini maʼlum qilgandi.
Eʼlon qilingan kadrlarda Putin vezdexod rulini oʻz qoʻliga olib, mudofaa vazirini tayga boʻylab sayr qildirganini koʻrish mumkin. Shuningdek, ular osma koʻprikdan daryo ustidan oʻtib, keyin tushlik qilishgan.
Qolaversa, Shoygu Putinga oʻzining ustaxonasini koʻrsatgan. U quruq yogʻochlardan yasagan ayrim buyumlarini prezidentga koʻrsatgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala