Jamiyat

Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafot etdi

© KitobxonXudoyberdi Toʻxtaboyev
Xudoyberdi Toʻxtaboyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Oʻzbekiston bolalarining sevimli shoiri, oʻnlab sarguzasht qissalar muallifi Xudoyberdi Toʻxtaboyev 89 yoshida olamdan oʻtdi.
TOSHKENT, 22 mar - Sputnik. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafot etdi, deb xabar qilmoqda Xabar.uz.
Oʻzbekiston bolalarining sevimli yozuvchisi 21 mart kuni 89 yoshida olamdan oʻtdi.
Xudoyberdi Toʻxtaboyev 1932 yil 17 dekabrda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatganidan soʻng 1949 yilda Qoʻqon Pedagogika institutini, 1955 yilda esa ToshDU filologiya fakultetining logika-psixologiya boʻlimida oʻqigan.
Xudoyberdi Toʻxtaboyev mehnat faoliyatini Fargʻona viloyatida maktab oʻqituvchiligidan boshlagan. 1958 yildan boshlab "Toshkent oqshomi", "Sovet Oʻzbekistoni", "Toshkent haqiqati", "Qizil Oʻzbekiston" gazetalarida, "Guliston", "Gulxan", "Sharq yulduzi", "Yosh kuch" jurnallarida, "Kamalak" nashriyotida ishladi va "Oltin meros" respublika jamgʻarmasiga rahbarlik qilgan.
Uning birinchi hikoyalar toʻplami "Shoshqaloq" 1961 yilda eʼlon qilindi.Xudoyberdi Toʻxtaboyev Hamza nomidagi Davlat mukofoti, "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi" (1982) unvoni sovrindori, Oʻzbekiston xalq yozuvchisidir (1991).
Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariq devni minib", "Sariq devning oʻlimi", "Besh bolali yigitcha", "Qasoskorning oltin boshi", "Yillar va yoʻllar", "Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida", "Mungli koʻzlar", "Sir ochildi", "Omonboy va Davronboy sarguzashti", "Jannati odamlar", "Shoshqaloq", "Soʻqmoqlar" va boshqa asarlari qayta-qayta nashr etiladigan Oʻzbekiston bolalarining sevimli kitoblariga aylangan.
Ushbu asarlarning ayrimlari bir necha tillarga tarjima qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala